Qoraqalpoq yozuvchisi: Odamlar norozi bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaydi

Описание к видео Qoraqalpoq yozuvchisi: Odamlar norozi bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaydi

2022 йилнинг 1-2 июль кунлари Қорақалпоғистон пойтахти Нукус муқаддам кўрилмаган намойишлар ва зўравонликларга саҳна бўлди.

Тинч бошланган намойишларга ҳукуматнинг, Ўзбекистон конституциясида Қорақалпоғистонга берилган “суверенлик” мақомини биртомонлама тартибда бекор қилиш режаси сабаб бўлгани айтилмоқда.

Зеро, намойишлардан бир неча кун олдин - 26 июнда, Ўзбекистоннинг амалдаги конституциясига киритиладиган навбатдаги ўзгартишлар жамоатчилик муҳокамасига қўйилганди.

Эндиликда аксар таҳлилчилар, бу воқеалар ортидан, Қорақалпоғистоннинг йиллардан буён ҳуқуқ нормаларига зид бўлиб қолаётган мақоми, бу минтақадаги ўта аянчли иқтисодий-ижтимоий аҳвол, шу билан бирга, қорақалпоқ миллати ҳамда бу миллатнинг минтақадаги халқ билан интеграциясига оид қатор масалаларни кун тартибига чиқармоқдалар.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

2022 yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus muqaddam ko‘rilmagan namoyishlar va zo‘ravonliklarga sahna bo‘ldi.

Tinch boshlangan namoyishlarga hukumatning, O‘zbekiston konstitutsiyasida Qoraqalpog‘istonga berilgan “suverenlik” maqomini birtomonlama tartibda bekor qilish rejasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Zero, namoyishlardan bir necha kun oldin - 26 iyunda, O‘zbekistonning amaldagi konstitutsiyasiga kiritiladigan navbatdagi o‘zgartishlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

Endilikda aksar tahlilchilar, bu voqealar ortidan, Qoraqalpog‘istonning yillardan buyon huquq normalariga zid bo‘lib qolayotgan maqomi, bu mintaqadagi o‘ta ayanchli iqtisodiy-ijtimoiy ahvol, shu bilan birga, qoraqalpoq millati hamda bu millatning mintaqadagi xalq bilan integratsiyasiga oid qator masalalarni kun tartibiga chiqarmoqdalar.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #karakalpakstan #uzbekistan

Комментарии

Информация по комментариям в разработке